Fotosuratlar uchun talablar

09.02.2023. 13:06

Sifatli ro’yhatga olish ishlarini olib borish va vizalarni taqdim qilish uchun fotosur’atlar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  1. Ikkita rangli fotosurat.
  2. Fotosuratlar 45 Х 35 мм ±1 мм hajmida oq rangdagi burchaklarsiz bo’lishi kerak
  3. Fotosuratlar o’lchamlari –ko’z qorachiqlari o’rtasidagi masofa 6 ± 3 мм, ko’zning o’rta chizig’I va iyak (daxan) o’rtasidagi masofa (chetdagi nuqtalar) 15 ± 2 мм hamda boshdan (kalladan) fotosur’atning tepa qismidagi eng  chetigacha 6 ± 2 мм bo’lishi kerak.
  4. Fotosurat faqat ranhli bo’lishi kerak.
  5. Fotoqog’oz ustki qismi relyef bo’lmagan holda silliq, glyantsli yoki matoviy bo’lishi mumkin.
  6. Fotosurat orqa qismi (foni) oq yoki yorug’-kulrang bo’lishi kerak. Agar Fotosurat foni qora yoki boshqa rangda bo’lsa bu fotosurat yaroqli emas deb topiladi.
  7. Bosh (kalla)ning turishi – fas.
  8. Yuz ko’rinishi – tabiiy bo’lishi kerak (kulib tushish ruxsat etiladi).
  9. Kiyim – kundalik kiyim bo’lishi mumkin. Ustki hamda bosh kiyimlarida suratga tushish man qilinadi (masalan, palto, kurtka va boshqalar). Bundan tashqari gavdaning tepa qismi yalang’och tarzda suratga tushirilishi ham man etiladi.
  10. Yoritish – ikki tomondan yuzga yo’naltirilgan holda. Agar fotosuratga ijodiy tomonlama yondashilgan bo’lib, uning fonida rangli ko’rinishlar mujassam bo’lsa, bu fotosurat yaroqsiz deb hisoblanadi. 
  11. Fotosuratga fotoapparatning negativ ko’rinish funktsiyasida o'zgartirish kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
  12. Fotosurat ishlash mobaynida hosil bo’ladigan bir rangning asosiy rang bo’lib qolishiga ruxsat berilmaydi.
  13. Surat sifatli, tiniq va hech qanday shikastkarsiz bo’lishi shart.
  14. Agar shaxs doimiy tarzda ko’zoynaklar taqib yursa, unda ko’zoynaklar bn rasmga tushish ruxsat beriladi. Tim qora ko’zoynaklarda hamda ko’zoynak buringa tushirilgan holda suratga tusish man etiladi. Ko’zoynaklarning nuri ko’zni qoraytirib qo’yishi kerak emas.

Fotosuratlar ohirgi 6 oy ichida ishlangan bo’lishi kerak.