Vizani rasmiylashtirish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar

23.04.2025. 15:12

Viza rasmiylashtirilishi uchun quyidagi asosiy hujjatlar topshirishi kerak:

1.      Pasport yoki sayohat uchun boshqa mo’ljallangan hujjat:

- rejalashtirilayotgan sayohatdan 3 oy o’tguncha amalda bo’lishi kerak;;

- vizalar uchun mo'ljallangan kamida ikkita sahifa bo’sh bo’lishi kerak;

-so'nggi 10 yil ichida berilgan bo’lishi kerak;

2. Har qanday belgilarni, shtamplarni o'z ichiga olgan pasportning barcha sahifalarining nusxasi.

3. Arizachi tomondan to'ldirilgan va o'z qo'lida imzolangan viza so’ralishi uchun anketa.

Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, shuningdek, Rossiyada doimiy yashovchi shaxslar qo'shimcha shaklni to'ldirishlari kerak.

4. Bitta rangli fotosurat (35 mm x 45 mm).

5. Oxirgi 3 oy uchun bankdagi hisob raqamidan ko'chirma.

6. Lavozimi, ish staji va oxirgi 12 oylik ish haqi ko‘rsatilgan rasmiy blankadagi ish joyidan ma’lumotnoma (asl nusxasi) (rus yoki ingliz tillarida; xat o‘zbek tilida bo‘lsa, tarjimasi ilova qilinadi).

7. Chet el fuqarosi Shengenga a'zo davlatlarda qolish niyatida bo'lgan vaqt davomida Shengenga a'zo davlatlarning butun hududida amal qiladigan sayohat uchun tibbiy sug'urta polisi. Shengen vizasi (C toifali viza) soʻralganda sugʻurta summasi 30 000 yevrodan kam boʻlmasligi kerak, milliy (uzoq muddatli viza; D toifali viza) soʻralganda 42 600 yevrodan kam boʻlmasligi kerak.

8. Viza olish uchun murojaat qilganda, viza arizasini ko‘rib chiqish uchun davlat boji to‘lanishish kerak: Shengen vizasi so‘rovi bo‘yicha 90 yevro va milliy viza so‘rovi bo‘yicha 90 yevro. 30 evro miqdorida qo'shimcha to'lov viza markazida to'lanadi. To'lov faqat plastik karta orqali amalga oshiriladi.

Viza uchun ariza beruvchi shaxs qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

-sayohat maqsadi ko'rsatilgan hujjatlar;

-ariza topshiruvchining Latviyada yashash joyi yoki yashash xarajatlarini qoplash uchun etarli mablag'ga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;

- ariza topshiruvchining rejalashtirilgan sayohat muddatini qoplash va o‘z mamlakatiga qaytishi yoki yashash joyiga qaytishi yoki uchinchi davlatga tranzit yo‘l bilan borishi uchun yetarli mablag‘ga ega ekanligini yoki bu mablag‘larni qonuniy yo‘l bilan olishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar;

-ariza topshiruvchining Shengenga a'zo davlatlar hududini murojaat qilayotgan vizaning amal qilish muddati tugagunga qadar tark etish niyatini baholash imkonini beruvchi ma'lumotlar.

Latviya, Estoniya va Shveytsariyaga kirish haqida batafsil ma'lumot olish uchun tegishli bo'limlar bilan tanishib chiqishingz mumkun.