2026-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekistondagi Latviya Elchixonasi Estoniya davlatiga viza arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni noma’lum muddatga to‘xtatadi.
Estoniyaga safar qilishni rejalashtirayotgan arizachilarga viza arizalarini topshirish tartibi hamda talab etiladigan tasdiqlovchi hujjatlar haqida ma’lumot olish uchun Estoniya davlatining yaqin Elchixonasi yoki Konsulligiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun arizachilar Estoniya Tashqi ishlar vazirligiga ham murojaat qilishlari mumkin.
SAFARINGIZNI TASDIQLOVCHI HUJJATLAR.
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki elektron imzo bilan imzolangan ingliz yoki rus tillarida safar maqsadi ko'rsatilgan taklifnoma.
- individual sayohat uchun – ingliz yoki rus tilida taklifnoma;
- taklifnomada ism-sharif, familiya, tug‘ilgan sana, pasport raqami, taklif etilayotgan shaxsning O‘zbekistondagi yashash joyining manzili, taklif etilayotgan shaxsning boradigan mamlakatda va shaharda yashash joyining manzili, rejalashtirilgan sayohat kunlari, sayohat maqsadi va boshqa qo’shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak;
- xizmat safarlari uchun – yuridik shaxsdan taklifnoma (shuningdek, yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan amaldagi hamkorlik shartnomasining nusxasini taqdim etish kerak);
- yakka tartibdagi turistik sayohat uchun – joylashish uchun mehmonxonaning to‘langan kvitansiyasi (vaucher);
- xalqaro konferensiya, seminar, simpozium, madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etish uchun – tadbir tashkilotchisi tomonidan berilgan taklifnoma, jo‘natuvchi tashkilotning o‘z xodimiga viza berish to‘g‘risidagi arizasi bilan rasmiy xati;
- davlat tashkilotidan taklifnoma - imzo va muhr yoki elektron imzo bilan rasmiy blankada bo’lishi kerak.
Konsullik xodimi qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

