O’zbekiston Latviyaning Markaziy Osiyo hududidagi muhim va asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlati sifatida Latviya ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqindan aloqa qilib kelmoqda, shu jumladan Yevropa Ittifoqining strategiyasini MO hududida amalga oshirib kelmoqda.
An’anaviy Latviya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorik juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa ohirgi yillarda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib kelmoqda. Doimiy tarzda yuqori darajadagi o’zaro tashriflar amalga oshirilmoqda.
2013 yilning may oyida Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs tashrif buyurdi.
Uzluksiz tarzda Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy konsultatsiyalari o’tkazilib turiladi va bundan tashqari iqtisodiy masalalar bo’yicha hukumatlararo komissiyasi yi’gilishlari olib boriladi.
2011 yilning 1 yanvaridan 2012 yilning 31 dekabriga qadar Latviya respublikasining O’zbekistondagi Elchixonasi NATO Elchixonasining majburiyatlarini bajargan.
- Diplomatik aloqalar tarihi
- Hamkorlikning yuksalishi kuzatilayotgan yo’nalishlari
- Muhim tashriflar
- Iqtisodiy hamkorlik
DIPLOMATIK ALOQALAR TARIHI |
O’zbekiston va Latviya o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil oktyabr oyida o’rnatilgan.
Latviya Elchixonasi Toshkentda 1992 yilda ochilgan. O’zbekiston Elchixonasi esa Latviya poytaxti Rigada 1995 yilda ish boshlagan.
1994 yil noyabr oyida O’zbekistondagi LAtviya elchisi va 2002 yilning avgustida tayinlangan Latviyadagi O’zbekiston elchilari paytida o’zaro ikki tomonlama aloqa sifat darajasi bo’yicha yangi bosqichga ko’tarildi.
O’zbekistondagi Latviya Respublikasi favqulotda va muhtor elchisi – Edgars Bondars va Latviyadagi O’zbekiston Respublikasining favqulotda va muhtor elchsi – Afzal Ortikov.
HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI |
• Iqtisodiy hamkorlik yo’lida ko’mak:
Latviya tomoni ikki mamlakatning geografik joylashishi va xo’jalik masalalari bo’yicha o’sish suratini iqtisodiy hamkorlikka katta e’tibor berilishiga imkon yaratib bermoqda deb hisoblaydi. O’zbekiston mamlakatlararo transport yo’nalishlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega davlatdir. Ayniqsa, Avfg’onistonga va Avfg’onistondan yo’l olgan yo’nalishlar bunga misoldir. Latviya o’z transport infratuzilmasidan foydalangan holda o’zaro yuklarni tashish bo’yicha olib boriladigan hamkorlikni rivojlantirishga bel bog’lagan. Umida qilamizki, transport va tranzit masalasidagi yangi tashabbuslar iqtisodiy integratsiyalashuvni kuchayishiga sabab bo’ladi. Bu o’z o’rnida mintaqadagi iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni, havfsizlikni ta’minlashda asosiy vazifalardan biridir.
Latviya tadbirkorlarining O’zbekiston bilan hamkorligi doirasiga farmatsevtik ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi, oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, informatsion texnologiyalar va turizm ham kiradi.
• Hukumatlararo komissiya faoliyati
1998 yildan Latviya-o’zbek hukumatlararo komissiyasi ish boshlagan. Komissiya vazifalariga mutaxassislar darajasida ikki ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalarini ko’rib chiqish va taklif berish kiradi. 2013 yilning 18-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Komissiyaning navbatdagi 4-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda transport, ta’lim, turizm, qishloq xo’jaligi va boshqa masalalarga tegishli savollar muhokama qilindi. Ikkii mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlikka tegishli masalalarni ko’rib chiquvchi yaxshi huquqiy asoso yaratilgan.
• Ta’lim sohasidagi hamkorlik
Latviyaning oily o’quv yurtlari o’zbek talabalari uchun Evropa Ittifoqi darajasida ta’lim olishni taklif qiladi. Latviyada ta’lim olayotgan chet el talabalarining soni jihatidan O’zbekiston 3 o’rinda turadi. 2013 yilda O’zbekistondan borib tahsil olayotgan talabalar soni 366 kishiga etdi. Oliy o’quv yurtlari ko’plab mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olishni taklif qiladi. Bank va moliya ishi, texnik ta’lim, tibbiyot, aviatsiya va boshqalar shular jumlasidandir.