A. LATVIYAGA KIRISH UCHUN SHENGEN VIZA (qisqa muddatli C viza)
Viza rasmiylashtirilishi uchun kerak bo’ladigan hujjatlar
- Jismoniy shaxs tomonidan Latviya Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya ishlari boshqarmasi tomonidan berilgan va tasdiqlangan taklifnoma raqami (https://www.pmlp.gov.lv/ru/vizy-i-priglasheniya)
- yoki Latviyadagi jismoniy shaxsning notarial tasdiqlangan taklifnomasi
- yoki Latviya elchixonasida Latviya fuqarolari va fuqarosi bo'lmagan, Latviyada doimiy yashash ruxsatnomaga ega bo'lgan chet el fuqarolari, Latviyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga ega Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy Hududi va Shveytsariya Konfederatsiyasi fuqarolari, Latviyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga ega shaxslar - faqat turmush o'rtog'i, bolalari, ota-ona, ota-onasining otasi va onasi, nevaralari, opa-singillari, aka-ukalari va ularning farzandlari, ota-onalarning opa-singillari va aka-ukalari va ularning bolalari tomonidan yozilgan taklifnoma.
SAFAR MAQSADINI TASDIQLASH UCHUN HUJJATLAR
Shaxsiy sayohat (qarindoshlar yoki do'stlarinikiga mexmonga borish)
Latviya Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan berilgan va tasdiqlangan taklifnoma raqami.
Xizmat safari
Latviya Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya masalalari bo'limida Latviadagi hamkor - yuridik shaxs tomonidan berilgan va tasdiqlangan taklifnoma raqami.
Xalqaro yuk tashuvchilar
Latviya kompaniyasining rasmiy blankida har bir haydovchining familiyasi va ismi, shuningdek, tug'ilgan sanasi va joyi ko'rsatilgan xat yoki Latviya Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya ishlari boshqarmasi tomonidan berilgan va tasdiqlangan taklifnoma raqami.
- xalqaro avtomobil yuk tashishlari amalga oshiriladigan shartnoma nusxasi;
- xalqaro yuk tashish uchun litsenziya nusxasi,
- tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasining nusxasi,
- haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligi to'g'risidagi ma’lumotnoma: ma’lumotnomada haydovchilik guvohnomasining raqami, guvohnoma toifasi va berilgan sanasi ko'rsatilishi shart; haydovchilik guvohnomasi bekor qilinmaganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma
- viza olish uchun hujjatlar qayta topshirilganda, oldingi ishlatilgan vizalar asosida olingan CMR nusxalari taqdim etilishi kerak.
Shaxsiy turistik sayohatlar uchun
- mehmonxonaning bron qilinganligi haqida va oldindan qilingan to'lovni tasdiqlovchi hujjat, chiptalari yoki chiptalarni bron qilinganligi haqida hujjat,
- bank hisobvarag'idan oxirgi 3 oy uchun ko'chirma.
Ko'chmas mulk hujjatlari asosida shaxsiy sayohat
- Yer ko’chmas mulk reyestridan ko'chirma
- Ko’chmas mulk egasining qarindoshlari ham ko'chmas mulk hujjatlari asosida vizaga hujjat topshirishlari mumkin. Bu holda, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Ota-onasidan biri Latviya fuqarosi bo'lgan shaxslar, Latviya fuqarosining turmush o'rtog’i va voyaga etmagan bolalari
- Latviya fuqarosining shaxsiy kodi va qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar (tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzulganlik haqida guvohnoma, familiya o'zgartirilganlik haqida guvohnoma).
Og'ir kasallik yoki yaqin qarindoshi vafot etgan taqdirda
- Davolayotgan shifokor tomonidan tasdiqlangan telegramma yoki o'lim to'g'risidagi guvohnoma.
Latviyada yaqin qarindoshning dafn qilingan joyini ziyorat qilish
- qabrning mavjudligini tasdiqlovchi asl rasmiy hujjat (mahalliy boshqarma tomonidan tasdiqlangan qabr mavjudligi to'g'risidagi guvohnoma);
- hujjat so'rayotgan shaxs va dafn etilgan shaxs o'rtasidagi qarindoshlikni yoki boshqa munosabatlarni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnoma).
B. LATVIYAGA ISHLASH MAQSADIDA KIRISH UCHUN UZOQ MUDDATLI VIZA (VIZA TOIFASI D)
- Pasport + pasport nusxasi;
- Latviya Fuqarolik va migratsiya ishlari boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan taklifnoma raqami;
- Bitta rangli fotosurat (35 mm x 45 mm); oq fonda, yuzning 70% ko’rinishi kerak;
- Vizaga hujjat topshirayotgan shaxs tomonidan imzolagan milliy viza uchun ariza shakli. Elektron bo'lmagan arizalar qabul qilinmaydi; Bosma shakldagi arizada shtrix-kodlar va xavfsizlik kodlari mavjud;
- Latviyada qolish uchun mo’ljallangan vaqt ichida amaldagi sayohat tibbiy sug'urta polisi. Sug'urta summasi 42 600 € dan kam bo'lmasligi kerak; Mashinada to'ldirilgan sug’urta polislar qabul qilinadi; sug'urta polisi chipta broniga ilova qilinishi kerak;
- Aviachiptaning bron qilingaligi haqidagi hujjat;
- Latviyada yashash joyini tasdiqlovchi hujjat;
- Apostil bilan tasdiqlangan sudlanmaganlik to'g'risidagi ma’lumotnoma va nusxasi;
- Bankda hisob raqamning mavjudligi va oxirgi 3 oydagi aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Mehnat shartnomasi yoki uning loyihasi;
- Mehnat daftarchasi + nusxasi;
- Oldingi ish joyidan ma'lumotnoma;
- Siz ilova qilish zarur deb hisoblagan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, ma’lumotnomalar);
- Konsullik boji - 90 €, viza markazi uchun to'lov - 30 €. Yigʻimlarni toʻlovi viza markazida plastik karta orqali amalga oshiriladi.
Zarur hollarda, konsullik xodimi qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.