Hujjatlar faqat Toshkentdagi VFS Global Visa markazida qabul qilinadi.
Hozirgi paytda, navbatga yozilish tizimida texnik muammolar mavjud bo'lib, ular hal qilinmoqda. Barcha tayinlash slotlari 17-oktabrgacha to'liq band qilingan. Iltimos, elchixonaning veb-saytida keyingi navbatga yozilish imkoniyatlari bo'yicha yangiliklarni kuzatib boring.
VFS Global viza markazida hujjatlarni topshirish uchun ro’yxatdan o'tish mutlaqo bepulligiga ahamiyat berishingizni so’raymiz. Hujjatlarni topshiruvchi har bir fuqaro roʻyxatdan o’tish tizimida oʻz ismi, familiyasi, telefon raqami, elektron pochta manzili va zarur hollarda Latviya Respublikasining Fuqarolik va migratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan taklifnoma raqamini kiritgan tarzda hujjatlarni topshirish uchun mustaqil ravishda roʻyxatdan oʻtishi kerak. Noto'g'ri ma'lumot, shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimlar yoki vositachilar orqali xizmatlardan foydalanilganda, kiritilgan navbatlar avtomatik ravishda o'chirilishi mumkin.
Konsullik yordami Favqulotdagi vaziyatlarda elchixona tomonidan telefon yoki elektron pochta orqali taqdim etiladi.
2025 yildan boshlab, uchinchi mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtgan avtomobillar deklaratsiya qilinishi kerak.
Barcha maʼlumotlar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi saytida ko’rsatilgan: Declaration of vehicles registered in third countries