Vizani rasmiylashtirishda zarur bo’ladigan maslahatlar

09.02.2023. 13:22
  • VIZA SO’ROVNOMASI TO’LIQ TO’LDIRILGAN BO’LISHI VA VIZA SO’RAYOTGAN SHAXS TOMONIDAN O’ZINING ASL IMZOSI BILAN TASDIQLANGAN BO’LISHI KERAK. 18 yoshgacha bo’lgan, voyaga etmaganlar uchun surovnoma ularning ota- onalari yoki ota–onalik (vasiylik) huquqlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
  • So’rovnomaga to’liq va ishonchli ma’lumotlar kiritiladi. So’rovnomadagi har bir bo’limiga kerakli javob berilishi yoki «ha», yoki «yoq» javoblari yozilishi lozim.
  • To’liq berilmagan yoki yo’lg’on ma’lumot Shengen vizasini olish imkonidan maxrum qilishi yoki berilgan vizani bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Kerak deb hisoblanganda tug’ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh qayd etilganligi to’g’risidagi guvohnoma, notarial tasdiqlangan ishonchnoma va boshqalar – hujjatlarning asl nusxalari bilan birga ularning ko’chirma nusxalari ham topshirilishi kerak.

So’rovnomani to’ldirish bo’yicha metodik ko’rsatmalar:

1 va 3 bo’limlar -ism, familiya – pasportda qanday ko’rsatilgan bo’lsa lotin alifbosi harflari bilan yoziladi

2 bo’lim – tug’ilganda berilgan, eski hamda almashtirilgab bo’lsa barcha familiyalar – barchasi ko’rsatilishi kerak

4 bo’lim – tug’ilgan sana to’liq ko’rsatiladi

5 bo’lim – tu’gilgan joyi: shahar yoki viloyat

6 bo’lim – tu’gilgan mamlakat

7 bo’lim – Fuqoroligi

8 bo’lim – shaxsning jinsi ko’rsatiladi

9 bo’lim – oilaviy ahvoli ko’rsatiladi

10 bo’lim – Bu bo’lim agar voyaga etmagan bola tomonidan viza uchun murojaat qilinayotgan bo’lsagina to’ldiriladi. Familiya, ism, (agar voyaga etmagan fuqaroning yashash manzilida farq bo’lsa) manzil hamda bola bilan birga chiqib ketayotgan ota-ona yoki ishonchli odamning fuqaroligi ko’rsatiladi

11 bo’lim – shaxsiy kod, agar u mavjud bo’lsa

12 bo’lim – sayohat qilish va viza olish uchun mo’ljallangan pasportning qanday ekanligi (O’zbekiston fuqarolari uchun – oddiy passport )

13 bo’lim – sayohat qilinayotgan va viza olish uchun mo’ljallangan pasportning seriyasi va raqami

14 bo’lim – chet elga chiqish huquqini beruvchi pasportning berilgan vaqti to’liq sanasi

15 bo’lim – chet elga chiqish huquqini beruvchi pasportning amal qilish muddati sanasi

16 bo’lim - chet elga chiqish huquqini beruvchi pasportining berilgan davlat organi to’liq yoki qisqartirilgan nomi

17 bo’lim – Yevropa hamda Shveytsariya fuqoroligi bo'lgan oila az'olarining shaxsiy ma'lumotlari

18 bo’lim –  Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hududi yoki Shveytsariya mamlakati fuqarosi bilan qarindoshligi aloqasi

19 bo'lim - Uy manzili va elektron pochta manzili 

20 bo’lim – Ayni paytda fuqoroligiga ega bo'lmagan davlatda yashash

21 bo’lim – Ayni paytdagi kasbiy faoliyat

22 bo’lim – Ish beruvchining nomi, manzili va telefon raqami. Talabalar uchun - o'quv yurtining nomi manzili

23 bo’lim – Safardan ko'zlangan maqsad(lar)

24 bo’lim – Safar maqsadiga bog'liq boshqa maqsadlar

25 bo’lim – Safar boshlanadigan asosiy Mamlakat

26 bo’lim – Birinchi kirishili ko'zda tutilgan asosiy Mamlakat

27 bo’lim – Kirish soni

28 bo’lim – Shengen vizasiga talabnoma doirasida barmoq izlaringiz olinganmi?

29 bo'lim - Zarur hollarda, safar yakunlandigan davlatga kirish uchun ruxsatnoma

30 bo’lim – Shengen shartnomasiga a'zo davlat(lar)ga taklif qilayotgan shaxsning familiyasi va ismi. Agar bo'lmasa, mehmonxona(lar) nomi yoki Shengen davlat(lar)i hududida vaqtinchalik to'xtash manzili

31 bo’lim – Korxona/tashkilotdagi mutasaddi shaxsning familiyasi, ismi, manzili, telefon raqami va e-Mail

32 bo’lim – Arizachining safar va kunlik xarajatlari kim tomonidan qoplanadi