Latviyaning chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonasida qisqa muddatli viza yoki uzoq muddatli viza rad etilgan yoki bekor qilingan chet el fuqarosi Latviya Immigratsiya qonunining 4-modda va 17-moddaning uchunchi qismiga muvofiq, ushbu qarorni Tashqi ishlar vazirligining Konsullik departamenti direktoriga (keyingi o'rinlarda – KD TIV direktori) shikoyat qilish huquqiga ega.
Viza rad etilishi yoki bekor qilinishi to'g'risidagi qarorga e'tiroz bildirish vizaning rad etilganligi yoki bekor qilinganligining amal qilinishini to’xtatilmaydi.
Ariza berish tartibi
Viza rad etilgan yoki bekor qilingan chet el fuqarosi viza rad etish yoki bekor qilish to'g'risidagi qarorga shaxsan o’zi e'tiroz bildirish huquqiga ega. Ushbu qaror bevosita daxldor bo'lgan taklif qiluvchi shaxslar va/yoki uchinchi shaxslar bunday huquqqa ega emaslar.
Chet el fuqarosi viza rad etish yoki bekor qilish to'g'risida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab 30 kun ichida shaxsan imzolangan arizani latviya, rus yoki ingliz tillarida topshirishga haqli (keyingi o'rinlarda ariza deb yuritiladi):
- vizani rad etish yoki bekor qilinishi to'g'risida qaror qabul qilingan Latviya diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga;
- Konsullik boʻlimiga (manzil: Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi, Elizabetes koʻchasi, 57, Riga, LV-1050, Latviya Respublikasi)
Ariza topshirilishi mumkin:
- shaxsan arizachi tomonidan
- elektron pochta orqali
- elektron tarzda, agar shu tarzda yuborilgan ariza Latviya Respublikasining Elektron hujjatlar to'g'risidagi qonuni moddasi talablariga muvofiq xavfsiz elektron imzo bilan imzolangan bo'lsa.
Vakolatli shaxs orqali tasdiqlangan ishonchnoma bilan ariza topshirish:
Agar chet el fuqarosining manfaatlarini uning vakolatli vakili himoya qilsa, vakillik notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan rasmiylashtiriladi va arizaga ilova qilinadi.
Agar ishonchnoma Latviyada yoki Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatda, Yevropa iqtisodiy zonasida yoki Shveytsariya Konfederatsiyasida berilmagan bo'lsa, unda quyidagilar zarur:
- Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida yoki Latviyaning tegishli mamlakatdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonasida qonuniylashtirish yoki;
- Hujjatning haqiqiyligini hujjat bergan xorijiy davlatning vakolatli muassasasida apostil bilan tasdiqlash.
Hujjatni haqiqiyligini tasdiqlash bo'yicha ma'lumot bu erda mavjud.
Agar chet el fuqarosiga Latviyada amaldagi advokat vakillik qilsa, bu notarial tasdiqlanmagan yozma ishonchnoma bo’lishi kerak; arizaga ishonchnoma ilova qilinishi kerak.
Arizani ko'rib chiqish tartibi
TIV KD direktori ariza kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida vakolatxona mansabdor shaxsining qarorini o‘z kuchida qoldirish yoki uni bekor qilish yoki istalgan qismida bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
TIV KD direktorining qarori latish tilida chiqariladi va unga tushuntirish ma'lumotlari ingliz tilida ilova qilinadi.